O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt aniqlaydi

eʼlon qilindi
Yangi tizim kameralar yozuvlari bilan avtomatik solishtirish orqali ish olib boradi
O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt aniqlaydi / Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlashda sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi joriy etiladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yangi tizim kameralar yozuvlari, qoidabuzarlik tarixi va yo‘l harakati qoidalari bilan avtomatik solishtirish orqali ish olib boradi. Agar sun’iy intellekt ma’lumotlar orasida nomuvofiqlikni aniqlasa, holat qo‘shimcha tekshiruvga yuboriladi.

Loyiha inson omili va texnik xatoliklardan kelib chiqadigan tortishuvli holatlarni kamaytirishga qaratilgan. 2024-yilda haydovchilar kameralar orqali belgilangan jarimalarning qariyb 10 foizini rad etgan.

Hozircha tizim sinov bosqichida. To‘liq ishga tushirilishi yaqin oylarda rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qashqadaryoda «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» yo‘lining 100 kilometri rekonstruksiya qilinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek