
Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Ulan-Bator shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida oliy darajadagi uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston jun hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edi.