Tecno Pova 7 Ultra 5G smartfoni taqdim etildi

24-iyun 2025 14:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Tecno

Tecno kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni Tecno Pova 7 Ultra 5G modelini to‘liq tanishtirdi. Bu qurilma o‘ziga xos dizayn, kuchli akkumulyator va zamonaviy funksiyalari bilan ajralib turadi.

Smartfon MediaTek Dimensity 8350 Ultimate protsessori asosida ishlaydi. U Hyper Cooling System sovitish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lib, yuklama vaqtida chipni 3 darajagacha sovuqroq ushlab turadi. Bu tizim 5300 mm kvadrat maydonli bug‘ kamerasi yordamida ishlaydi.

Foto: Tecno

Asosiy xususiyatlar:

  • Displey: 6,7 dyuymli AMOLED, 144 Gs yangilanish tezligi, 4500 nit yorqinlik;
  • Batareya: 6000 mA·soat;
  • Zaryadlash: 70 Vt simli, 30 Vt simsiz, 10 Vt teskari;
  • Kamera bloki: yoritilgan chiziqli dizayn, bildirishnomalar va qo‘ng‘iroqlar uchun signal beradi, «gamer rejimi» ham bor.

Shuningdek, smartfonda Dolby Atmos bilan ishlaydigan stereodinamika, Ella ovozli yordamchisi va HiOS 15 (Pova Special Edition) operatsion tizimi mavjud. Bu tizimda matn va suratlar bilan ishlash uchun sun’iy intellekt vositalari ham bor.

Tecno Pova 7 Ultra 5G qachon taqdim etiladi / Foto: Tecno

Yangi model 2025-yil iyun oyida savdoga chiqadi. Narxi hozircha e’lon qilinmagan.

Ma’lumot o‘rnida, TECNO kompaniyasi – bu global mobil texnologiya brendi bo‘lib, u 2006-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Transsion Holdings tarkibiga kiradi va dastlab Afrika bozoriga yo‘naltirilgan mahsulotlar bilan mashhur bo‘ldi.

Asta-sekin u Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi mamlakatlariga ham kengaydi. TECNO telefonlari arzon narx va zamonaviy funksiyalar uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Kompaniya foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslab ishlab chiqilgan kameralar, katta hajmdagi batareyalar va yangilangan operatsion tizimlar bilan jihozlangan smartfonlar ishlab chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tecno Pova Curve 5G taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek