Tojikistonning «Oriyonbank» vakolatxonasi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunladi
eʼlon qilindi
«Oriyonbank»ning Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq

Tojikistonning «Oriyonbank» ochiq aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga berilgan akkreditatsiya guvohnomasi rasmiy ravishda bekor qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qaror «Oriyonbank»ning Kuzatuv kengashi tomonidan vakolatxonaning faoliyatini tugatish bo‘yicha qabul qilingan qarorga muvofiq amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, «Oriyonbank»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022-yil 4-avgustdan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.
Avvalroq «Kursiv» Rossiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlagani haqida yozgandi.