Toshkent ko‘chalaridan biri vaqtincha yopiladi
eʼlon qilindi
25-iyundan 1-iyulgacha

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Ohangaron koʻchasi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (YHX) xabar bermoqda.
«Yopiladigan qism: Temur Malik – Parkent – Mahtumquli ko‘chalari aylanma harakatidan , THAY – Ohangaron shohko‘chalari aylanma harakatigacha bo‘lgan qismi», – deya ta’kidladi YHXX.
Yo‘lning yopilishi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. 25-iyundan 1-iyulgacha avtomobillar harakati cheklanadi
YHXX aholiga Bektemir Shoh, Farg‘ona yo‘li, Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari bo‘ylab yopiq uchastkani aylanib o‘tishni tavsiya qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda yo‘l qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt aniqlashi haqida yozgan edik.