Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in robotlari o‘rnatiladi

eʼlon qilindi
Kareliya rahbari qurilish sohasida qo‘llaniladigan sellyuloza mahsulotlariga katta qiziqish bildirmoqda
Toshkent xalqaro aeroporti
Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in robotlari o‘rnatiladi. Foto: Kareliya Respublikasi / Lyubov Kozlova

Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in xavfsizligini oshirish maqsadida yong‘in robotlari o‘rnatiladi. Bu haqda 23-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forumda Kareliya respublikasi rahbari Artur Parfenchikov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu loyiha doirasida ikkinchi bosqich yetkazib berish rejasi ham ishlab chiqilmoqda. Unda boshqa obyektlarga ham robotlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

«2024-yilga nisbatan 2025-yilda o‘zaro savdo hajmi 20 foizga oshdi. O‘tgan kuzda O‘zbekistonga biznes-missiyamiz doirasida tashrif buyurdik», – dedi Parfenchikov.

Shuningdek, Kareliya rahbari O‘zbekistonda daraxtni qayta ishlash sohasiga, xususan, qurilish sohasida qo‘llaniladigan sellyuloza mahsulotlariga katta qiziqish bildirmoqda. Bu boradagi ilk yetkazib berish ishlari boshlanganini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston shifoxonasida ilk jarrohlik roboti paydo bo‘lgani haqida yozgandi.

REVO-I jarrohlik roboti Janubiy Koreyaning Meere kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu qurilma bemorlar uchun xavfni kamaytirgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkonini beradi.

Bunday operatsiyalar vaqtida qon yo‘qotilishi kamayadi. Hayot uchun muhim a’zolarga zarar yetmaydi va tiklanish jarayoni tezroq kechadi.

Shuningdek, Morgan Stanley tahlilchilarining prognoziga ko‘ra, 2050-yilga kelib odamsimon robotlar bozori yillik $5 trlnlik daromad keltirishi mumkin.

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, dunyoda 2050-yilga kelib 1 mlrdga yaqin inson shaklidagi robotlar ishlatiladi, ularning 90 foizi sanoat va tijorat sohalarida xizmat qiladi. 2035-yilga qadar esa bu raqam 13 mlnni tashkil qilishi mumkin.

Tahlilchilar robotlar, eng avvalo, mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. 2030-yilga kelib ular 40 ming ish o‘rnini egallashi, 2040-yilda esa bu ko‘rsatkich 8,4 mlnga yetishi mumkin.

Shuningdek