Vivo kichik smartfonini taqdim etdi

24-iyun 2025 13:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
vivo
Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi tomonidan Vivo X200 FE smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Bu qurilma kichik o‘lchamiga qaramay, kuchli texnik xususiyatlarga ega.

Smartfon 6,31 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, tasvirni 120 Gs yangilanish tezligida namoyish etadi. Uning korpusi juda ixcham: balandligi 151 mm, eni esa atigi 72 mm. Og‘irligi esa 186 gramm.

Foto: Vivo

Asosiy texnik ko‘rsatkichlari:

  • Protsessor: MediaTek Dimensity 9300+
  • Operativ xotira: 12 GB (LPDDR5X)
  • Doimiy xotira: 512 GB (UFS 3.1)
  • Batareya: 6500 mA·soat, 90 Vt tez zaryadlash bilan
  • Kameralar: orqada 3 ta kamera – 50 + 50 + 8 MP, old kamerasi esa 50 MP

Smartfon suv va changdan himoyalangan (IP68/IP69) hamda Android 15 asosidagi Funtouch OS 15 operatsion tizimida ishlaydi.

Foto: Vivo

Vivo X200 FE qora, pushti, sariq va moviy ranglarda taqdim etiladi. Narxi va sotuvga chiqish sanasi hali e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbeistan nashri Vivo Y29t 5G taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek