Xitoy yangi avtomobillarni «ishlatilgan» yorlig‘i ostida eksport qilmoqda

24-iyun 2025 20:58 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xitoy yangi avtomobillarni «ishlatilgan» yorlig‘i ostida eksport qilmoqda / Foto: NC

Xitoy minglab yangi avtomobillarni «ishlatilgan» deb rasmiylashtirib, Rossiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga eksport qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «nol kilometrli» deb ataluvchi bu mashinalar aslida biror marta ham haydalmagan bo‘lsa-da, ishlatilgan avtomobil sifatida sotilmoqda.

Bu amaliyot orqali Xitoy kompaniyalari savdo hajmini sun’iy ko‘rsatmoqda va ichki bozorda sotilishi qiyin bo‘lgan mashinalardan xalos bo‘lmoqda. Mahalliy hukumatlar eksportni rag‘batlantirib, maxsus kvotalar, soliq imtiyozlari va logistika infratuzilmasi bilan bu jarayonni qo‘llab-quvvatlamoqda.

2024-yilda Xitoy 436 mingta ishlatilgan avtomobil eksport qilgan bo‘lsa, ularning 90 foizi yangi mashinalar bo‘lgan. Bu holat xorijda Xitoy brendlariga nisbatan ishonchni pasaytirmoqda va ba’zi mamlakatlarda Xitoy avtomobillari sun’iy ravishda arzon narxlarda sotilayotgani uchun adolatsiz savdo usuli sifatida tanqid qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy 12 ming kilometrga uchadigan layner ustida ishni boshlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek