Angrendagi dorixonada 3 380 dona yaroqlilik muddati o‘tgan dori aniqlandi

eʼlon qilindi
325 dona biologik faol qo‘shimchalar ham
Angren shahrida sifati kafolatlanmagan dorilar sotilgan dorixona aniqlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Angren shahridagi xususiy korxonaga qarashli dorixonada norasmiy ishlayotgan sotuvchi xaridorga sifati tasdiqlanmagan dorilarni sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Dorixona ko‘zdan kechirilganda umumiy qiymati 59,8 mln so‘mlik 21 106 dona kirim hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari, jumladan, 3 380 dona yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va 325 dona biologik faol qo‘shimchalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 186-3-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olingan edi.

Shuningdek