Arnasoyda retseptsiz kuchli dorilar sotayotgan dorixona aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Arnasoyda retseptsiz kuchli dorilar sotayotgan dorixona aniqlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ dorixonasida fuqaroga 15 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi shifokor retseptisiz 4,4 mln so‘mga sotilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, MCHJ rahbari xarid evaziga to‘lovni o‘zining plastik kartasiga qabul qilib olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olingan edi.

Shuningdek