
2025-yil 23-iyun kuni «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu hujjat banklar, bank guruhlari hamda bank aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lgan xolding kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Sanatsiya va tugatish bo‘yicha vakolatli organ – O‘zbekiston Markaziy banki hisoblanadi.
Sanatsiya jarayonini boshlash uchun quyidagi holatlar mavjud bo‘lishi lozim: bankning to‘lovga qobiliyatsizligi yoki uning yuzaga kelish xavfi, oldin ko‘rilgan choralar samarasizligi, shuningdek, bank tizimiy ahamiyatga ega bo‘lib, uni tugatish orqali maqsadlarga erishib bo‘lmasligi.
Markaziy bank maxsus boshqaruvchi tayinlash huquqiga ega. Sanatsiya vositalari esa quyidagilardan iborat: aktiv va majburiyatlarni o‘tkazish (sotish), oraliq bank tashkil etish, hisobdan chiqarish yoki konvertatsiya qilish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq banklar biznes uchun qanday xizmatlarni yaxshilashi kerakligi haqida yozgan edik.