
O‘zbekiston Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 25-iyun kuni dollar kursi 75,53 so‘mga yuqorilab, 12 531,78 so‘m qilib belgilandi.
- Oldingi kurs (24-iyun): 12 456,25 ;
- Yangi kurs: 12 456,25;
- O‘zgarish: +45,26 so‘m.
16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi. 23-iyun kuni dollar kursi 85,95 so‘mga yuqorilab, 12 410,99 so‘m qilib belgilandi.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 76,41 so‘mga oshib, 14 538,12 so‘mni, rubl esa 1,46 so‘mga oshib, 159,82 so‘mni tashkil qildi.
Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin
Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 25-iyun kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:
Banklarga sotish (USD – UZS):
- «Asia Alliance Bank» – 12 490 so‘m;
- «Poytaxt bank» – 12 480 so‘m.
- «Kapital bank» – 12 470 so‘m;
Banklardan sotib olish (UZS – USD):
- «NBU» – 12 500 so‘m;
- Mybank – 12 500 so‘m;
- «Saderat bank Tashkent» – 12 460 so‘m.
AQSh dollarining o‘zgarishi

AQSh dollari o‘tgan haftani 12712,05 so‘m bilan boshlab, 10-iyunda 12 674,37 so‘mni qayd etdi. Eng ko‘p pastlash 11-iyunda kuzatildi. O‘sha kuni 1 AQSh dollari 12 646,56 so‘mga teng bo‘ldi.
12-iyun kuni AQSh dollarida yuqorilash kuzatilib, 12 705,79 so‘mni tashkil etdi. 13-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 760,21 so‘mga teng bo‘lib, bu 9-iyunga nisbatan 48,16 so‘mga yuqorilaganini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.