
Konditsionerli kichik elektromobil taqdim etildi. Bu haqda Microlino kompaniyasi xabar berdi.
Kompaniya shahar uchun mo‘ljallangan elektromobilning ikki yangi yozgi versiyasini taqdim etdi: Spiaggina seriyasi va Cool & Connect paketi bilan jihozlangan model. Taqdimot Shveysariyaning Syurix ko‘li bo‘yida o‘tkazilgan.

Spiaggina versiyasi o‘tgan asrning plyaj avtomobillari uslubida ishlab chiqilgan — yon va orqa oynalarsiz ochiq kuzovga ega. Matodan tayyorlangan olinadigan tom va dengiz uslubidagi interyer unga kurort ruhini bag‘ishlaydi. Elektr zaxirasi 177 km gacha, kuzov ranglari esa Italiya sohillaridan ilhomlangan.




Ikkinchi versiya esa kundalik shahar hayoti uchun qulaylikni ta’minlashga qaratilgan. Microlino ilk bor to‘liq konditsioner tizimi bilan jihozlanmoqda. Cool & Connect paketi, shuningdek, salondagi yaxshilangan dizayn, smartfon uchun tutqich va Bluetooth karnayni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu paket ilgari sotilgan modellarga ham mos keladi.
Bunday yechimlar ayniqsa shahar uchun elektromobil izlayotgan va ixchamlik, funksionallik hamda uslubni qadrlaydiganlar uchun juda muhim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD’ning Yangwang U9 superkari yangi tezlik rekordini o‘rnatmoqchiligi haqida yozgandi.