May oyida banklardagi muammoli kreditlar ulushi 4,1% gacha kamaydi

eʼlon qilindi
Eng katta ijobiy o‘zgarishlar Garant bankda kuzatildi
May oyida banklardagi muammoli kreditlar ulushi 4,1% gacha kamaydi / Foto: Traffic News

2025-yil may oyida O‘zbekiston bank tizimining umumiy kredit portfeli 0,4% ga oshib, 567,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, banklar bo‘yicha muammoli kreditlar ulushi (NPL) 4,2% dan 4,1% gacha pasaydi.

Eng katta ijobiy o‘zgarishlar Garant bank (22,4% → 18,9%) va AVO bank (12,7% → 11,7%)da kuzatildi. Asia Alliance Bank, Turon bank va Yangi bank ham muammoli kreditlarini qisqartirdi.

Bank nomiOldingi NPL (%)Yangi NPL (%)
Garant bank22.418.9
AVO bank12.711.7
Turon bank3.32.8
Yangi bank9.18.7
Asia Alliance Bank1.00.7
Ipoteka-bank9.79.5
Madad Invest bank5.55.3
Ziraat bank3.16.3
Orient Finans Bank1.92.2
TBC bank3.53.7
Anor bank2.93.1
Davr bank2.83.0

Biroq ayrim banklarda bu ko‘rsatkich oshgan. Ziraat bankda NPL ulushi 3,1% dan 6,3% gacha ko‘tarilgan. Orient Finans Bank, TBC Bank va Anor Bankda ham biroz o‘sish qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XJV O‘zbekiston banklarni xususiylashtirishni qayta boshlashi kerakligi bo‘yicha bayonot bergan edi.

Shuningdek