
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki AQSh dollarlarini sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqaro $20 ming miqdoridagi qalbaki pulni $14 mingga sotishga kelishib, boshqa fuqaroga qalbaki $8 mingni bergan vaqtda qo‘lga olingan. Tadbir davomida yana bir shaxsdan yana $6 ming miqdoridagi qalbaki pul ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlangan edi.