OLX’da 150 ming so‘mga bola sotuvga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan
OLX’da 150 ming so‘mga bola sotuvga qo‘yildi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ijtimoiy tarmoqlarda OLX platformasida joylashtirilgan e’lon keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. 3 yoshli Muhammad ismli bola 150 ming so‘m evaziga sotuvga qo‘yilgan. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

E’londa bolaning «parvarishlangan» va «ko‘p ovqat yemaydigan»ligi aytilgan. E’lon Toshkentdan foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgani ko‘rsatilgan.

«Hozirda Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra Ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berish masalasi o‘rganilmoqda», deyiladi ombudsman munosabatida.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Milliy tiklanish» partiya fraksiyasi yig‘ilishida Ombudsman faoliyati muhokama qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek