
Ijtimoiy tarmoqlarda Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik ortidan Eronda katta raketa tashilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Biroq faktlarni tekshirish bu da’voni rad etdi: video eski bo‘lib, harbiy texnikaga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lib chiqdi.
Hindistonlik The Quint nashri jurnalisti Rudjuta Txetening ma’lumotiga ko‘ra, ushbu video ilk bor internetda 2018-yilda paydo bo‘lgan. Unda sanoat uskunasi, ya’ni O‘zbekistondagi gazni qayta ishlash zavodiga olib borilayotgan shlam bunkeri ko‘rsatilgan.
Video ilgari ham Markaziy Osiyodagi infratuzilma loyihalarining rivoji kontekstida e’lon qilingan edi.
2025-yilda esa ushbu video kontekstdan uzib olingan holda ijtimoiy tarmoqlarda «raketa tashilmoqda» degan yolg‘on bilan yana tarqatila boshlandi. Mazkur video yuz minglab ko‘rishlar to‘pladi, biroq faktchekerlar tez orada uning yolg‘onligini fosh qilishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh va Isroil zarbalaridan so‘ng ham Eron yadroviy dasturi hali ham saqlanib qolayotgani haqida xabar qilgan edi.