Yangiliklar

Shvetsiya O‘zbekistondan ishchilarni qabul qilishni rejalashtirmoqda

Hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiya imzoladi
Toshkent va Stokgolm migratsiya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Foto: Unsplash

Shvetsiya O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi. Mazkur idora va Shvetsiya Migratsiya vazirligi ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiya imzoladi.

Shvetsiya Migratsiya vaziri Yuxan Forssell imzolangan hujjatni tarixiy deb atadi. Toshkent va Stokgolmning rejalarida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalasi ham bor.

Uchrashuv davomida tomonlar raqamli platforma yaratish va o‘zbekistonlik fuqarolarni Shvetsiyaning qurilish, logistika va tibbiyot sohalarida ishlashga tayyorlash kabi bir nechta tashabbuslarni muhokama qildi.

Migratsiya agentligining qayd etishicha, Shvetsiyada transport, qurilish, ta’lim va boshqa sohalarda mutaxassislar yetishmayapti. Shu bilan birga, O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash imkoniyati mavjud.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Rossiyaning «Bronka Grupp» xoldingi bilan migrantlarga oid bitim imzolagani haqida yozgan edi.