
Qozon shahri havo hududining yopilishi sababli Uzbekistan Airways’ning HY649 Toshkent – Qozon reysi Orenburg shahridagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu sababli, Qozon – Toshkent yo‘nalishidagi HY650 reysi ham kechikib amalga oshiriladi.
Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Yangiliklarni rasmiy manbalardan kuzatib boring.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Samarqand – Vladivostok yo‘nalishidagi parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.