Toshkentdagi yer usti metrosi qurilishida xatoliklar aniqlandi

eʼlon qilindi
Qurilish ishlari «Ko‘prikqurilish» AJ tomonidan amalga oshirilmoqda
Toshkentdagi yer usti metrosi qurilishida kamchilik va xatoliklar aniqlandi. Foto: Bosh prokuratura

Toshkentdagi yer usti metro yo‘nalishi qurilishi davomida bir qator kamchilik va xatoliklar aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

«Texnopark – Qipchoq» stansiyalari oralig‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib tekshirildi. Ushbu qurilish ishlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ buyurtmasi asosida pudratchi «Ko‘prikqurilish» AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va xatolarni bartaraf etish, ishlarni loyiha talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va belgilangan muddatda sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilgan.

Bundan tashqari Bosh prokuratura mazkur yo’nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinganini ham qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, «Texnopark» metro bekati 2020-yilda, «Qipchoq» esa 2024-yilda foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda ushbu ikki bekat oralig‘ida uch oy davom etadigan profilaktika ishlari e’lon qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Quruvchilar – Yangiobod» oralig‘ida metro harakati uch oyga to‘xtashi haqida xabar bergandi.

Shuningdek