
UzAuto Motors Asakadagi zavodning konveyeridan besh millioninchi avtomobilini ya’ni Onix modelini chiqardi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniyaning avtomobil ishlab chiqarish tarixida har bir millionlab avtomobil: 2008-yilda Lacetti, 2014-yilda Gentra, 2018-yilda Spark, 2022-yilda esa Tracker modeli bo‘lgan. 2025-yilda bu model Onix bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, yil boshidan beri O‘zbekistonda 16 215 dona Onix ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga o‘sgan.
Shuningdek, may oyida ko‘p foydalanilgan Onix narxi $800 ga arzonlagan.