Avto

UzAuto Motors besh millioninchi avtomobilini chiqardi

Bu model Onix bo‘ldi
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors Asakadagi zavodning konveyeridan besh millioninchi avtomobili, ya’ni Onix modelini chiqardi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/img_5731-1.mp4
Video: UzAuto Motors

Kompaniyaning avtomobil ishlab chiqarish tarixida har bir millionlab avtomobil: 2008-yilda Lacetti, 2014-yilda Gentra, 2018-yilda Spark, 2022-yilda esa Tracker modeli bo‘lgan. 2025-yilda bu model Onix bo‘ldi.

Foto: UzAuto Motors

Ma’lumot uchun, yil boshidan beri O‘zbekistonda 16 215 dona Onix ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga o‘sgan.

Shuningdek, may oyida ko‘p foydalanilgan Onix narxi $800 ga arzonlagan.