
Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Andijonda fuqarolar ilgari sudlangan boshqa fuqaroga o‘zlarini tijorat bankidagi tanishlari orqali 300 mln so‘m kredit rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarodan $1 mingni olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida esa fuqaro 150 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishini va’da qilib, fuqarodan $1,1 mingni olayotganida ushlandi.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada do‘kon qurishga ruxsat olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangan edi.