Andijonda 531 million so‘mlik elektr o‘g‘riligi aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Andijonda 531 million so‘mlik elektr o‘g‘riligi aniqlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Andijon shahri va Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida yirik hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor o‘ziga tegishli savdo do‘konida, MCHJ mas’ul shaxslari esa «Bahrin» MFY hududidagi umumiy ovqatlanish oshxonasida elektr tarmoqlariga ruxsatsiz ulanib, jami 531,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangan.

Natijada davlat manfaatlariga sezilarli miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida fuqarolarni xorijga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangan edi.

Shuningdek