Yangiliklar

Dollar o‘sishda davom etmoqda

54,63 so‘mga yuqoriladi
dollar
26-iyun kuni dollar kursi / Foto: Unsplash

O‘zbekiston valyuta birjasi (UZCE) ma’lumotlariga ko‘ra, 26-iyun kuni dollar kursi 54,63 so‘mga yuqorilab, 12 586,41 so‘m qilib belgilandi.

  • Oldingi kurs (25-iyun):  12 531,78;
  • Yangi kurs:  12 586,41 ;
  • O‘zgarish: +54,63 so‘m.

 16-iyun kuni 1 dollar 12 715,13 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 17-iyunda 12 668,14 so‘mga tushdi. AQSh valyutasi 18-iyunda 12 618,63 so‘mga pastladi. 19-iyun kuni dollar yana biroz arzonlab, 12 559,26 so‘mni tashkil etdi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20-iyun kuni dollar kursi 12 496,94 so‘mga tenglashdi. 23-iyun kuni dollar kursi 85,95 so‘mga yuqorilab, 12 410,99 so‘m qilib belgilandi.  24-iyun kuni dollar kursi 12 456,25 so‘mga chiqdi.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 220,70 so‘mga oshib, 14 758,82 so‘mni, rubl esa 0,60 so‘mga oshib, 160,42 so‘mni tashkil qildi.

Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin

Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 25-iyun kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:

Banklarga sotish (USD – UZS):

  • «Asia Alliance Bank» – 12 550 so‘m;
  • «Poytaxt bank» – 12 550 so‘m.
  • «Kapital bank» – 12 540 so‘m;

Banklardan sotib olish (UZS – USD):

  • «Mybank» – 12 570 so‘m;
  • «Tengebank» – 12 580 so‘m;
  • «Ipak yo‘li bank» – 12 590 so‘m.

AQSh dollarining o‘zgarishi

AQSh dollari o‘tgan haftani 12712,05 so‘m bilan boshlab, 10-iyunda 12 674,37 so‘mni qayd etdi. Eng ko‘p pastlash 11-iyunda kuzatildi. O‘sha kuni 1 AQSh dollari 12 646,56 so‘mga teng bo‘ldi.

12-iyun kuni AQSh dollarida yuqorilash kuzatilib, 12 705,79 so‘mni tashkil etdi. 13-iyun kuni 1 AQSh dollari 12 760,21 so‘mga teng bo‘lib, bu 9-iyunga nisbatan 48,16 so‘mga yuqorilaganini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi