Farg‘onada do‘kon qurishga ruxsat olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada do‘kon qurishga ruxsat olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Farg‘ona viloyatida fuqaro o‘zini qurilish sohasida aloqalari bor deb tanishtirib, boshqa fuqarolardan biriga savdo do‘koni qurish uchun yer maydoni ajratib berish va ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

U Farg‘ona shahri «Shodiyona» mahallasida joylashgan yer uchun guyo auksion savdolari orqali joy olib berishini, shuningdek, qurilish inspeksiyasida ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytgan.

Evaziga fuqarodan $2,7 mingni olayotgan vaqtida, DXX va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganchda prokuratura tergovchisi pora bilan qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek