Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi – 2026 uchun qur’a tashlandi

26-iyun 2025 21:36 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi – 2026 saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi / Foto: FAC

Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi 2026-yilgi saralash bosqichi uchun guruhlar tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Umumiy hisobda 8 ta guruh shakllantirildi. O‘zbekiston terma jamoasi «F» guruhida Qirg‘iziston, Timor-Leste va Falastin jamoalari bilan raqobatlashadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, kuchli raqiblar Yaponiyaning «C» guruhida va Eronning «G» guruhida to‘plangan. Turnirda jami 31 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 2026-yilda Indoneziyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik o‘smir bokschilar Qirg‘izistonda 100 foizlik natija bilan g‘olib bo‘lgan edi.

Shuningdek