
Mercedes-Benz kompaniyasi avtomobil tizimidagi muammolarni aniqladi. Shu sababli, mijozlarga kompensatsiya sifatida masofadan boshqaruv xizmati uchun 30 kunlik bepul foydalanish imkoniyati taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Bu taklif 2025-yil 30-sentabrgacha amal qiladi va faqat maqsadli taklif olgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchilar xizmatdan bepul foydalanishlari mumkin.
Avvalroq 12-iyun kuni bir nechta Mercedes-Benz egalari ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil kompyuterlarining ishdan chiqqani haqida shikoyat qilishgan edi. Ushbu dasturiy halokat MBux 3.0 tizimidan foydalanadigan C-Class, E-Class, S-Class hamda EQ seriyali modellarni qamrab olgan.
Muammo natijasida xarita navigatsiyasi, musiqa tizimi, CarPlay, orqa ekran va hatto avtomagnitafon funksiyalari ishlamay qolgan.
Kompaniya bu noqulayliklar uchun uzr so‘rab, minnatdorchilik sifatida vaqtinchalik bepul xizmatni taqdim etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes «raketa» tezligidagi yangi elektromobilini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.