Lifestyle

Munisa Rizayeva Jennifer Lopes bilan duet kuylaydimi

Hozircha Jennifer Lopesdan rasmiy javob kelmagan

O‘zbekiston estradasi vakili Munisa Rizayeva amerikalik yulduz Jennifer Lopesni 7-avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konserti doirasida birgalikda sahnaga chiqishga taklif etdi. Xonanda bu taklifni ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat tarzida e’lon qildi.

«Salom, Jey Lo! Eshitishimcha, Toshkentga kelarmishsiz. Hamkorlik haqida qanday fikrdasiz?» – deydi Rizayeva o‘z murojaatida.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/aqnxluqfvvalm5x2ij6ukquols_pd6o9btpyd8xzi4n6twszhnpcav_bhumwqm5.mp4
Video: Munisa Rizayeva Instagram sahifasi

Hozircha Jennifer Lopesdan rasmiy javob kelmagan bo‘lsa-da, tomoshabinlar bu kutilmagan taklif ijobiy natija berishiga umid bildirishmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 7-avgust kuni Toshkentdagi «Milliy» (Bunyodkor) stadionida jahon mashhuri Jennifer Lopesning «Up All Night – Live In 2025» nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.

Shuningdek, 5-iyundan konsert uchun chiptalar onlayn savdoga chiqarildi.