Yangiliklar

O‘zbekistonda Bolt ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda

Turizm qo‘mitasi raisi Londonda Gert-Yan Kistemaker bilan uchrashdi
O‘zbekistonda Bolt platformasi ishga tushirish muhokama qilindi. Foto: Bolt

O‘zbekistonda Bolt platformasi ishga tushirish muhokama qilindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Londonda Bolt kompaniyasining Hamkor bozorlar bo‘yicha global direktori Gert-Yan Kistemaker bilan uchrashdi.

Platforma taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib berish, shuningdek, elektrosamokatlar xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Tomonlar dastlab Bolt xizmatlarini O‘zbekistonning yirik shaharlaridan birida pilot loyiha sifatida joriy etish va keyinchalik uni boshqa hududlarga kengaytirish bo‘yicha qiziqish bildirdilar.

Ma’lumot uchun, Bolt – Yevropaning eng yirik super ilovalaridan biri bo‘lib, 50 dan ortiq mamlakatlarda (600 dan ziyod shahar) 200 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Bolt Oʻzbekiston bozoriga kirish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani haqida yozgandi.

Bolt jamoatchilik va davlat tashkilotlari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Yuliya Malich Oʻzbekistonni kompaniya uchun diqqatga sazovor hudud deb atadi.

O‘zbekistonda qanday platformalar ishlamoqda

Wolt

Finlyandiyaning Wolt oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish xizmati Oʻzbekistonda 2024-yil sentabr oyida oʻz faoliyatini boshladi.

2014-yilda tashkil etilgan kompaniya bugungi kunda 28 mamlakatda faoliyat yuritadi. Wolt’ning mamlakatda Uzum va Yandex uchun yaxshigina raqobat hosil qilishi kutilmoqda.

Lavka

Yandex Uzbekistan Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻydi. Xizmat foydalanuvchilarga oziq-ovqat, maishiy tovarlar, tayyor ovqat yetkazib beradi.

Mahsulotlarning koʻpi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan taqdim etiladi. Buyurtmalar uchta darkstor orqali amalga oshirilib, 2025-yilgacha yana 12 ta darkstor ochilishi rejalashtirilgan.