
Shavkat Mirziyoyev 26–27-iyun kunlari Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Minsk shahriga boradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan bo‘lib, unda amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga tashrifi haqida yozgan edi.