
Tinch okeanida Xitoydan Meksikaga 3048 ta avtomobil olib ketayotgan Morning Midas kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda Marinelog nashri xabar berdi.
Kema 23-iyun kuni Alyaska sohillaridan taxminan 770 km uzoqlikda, 5 ming metr chuqurlikka cho‘kdi.
Kemaning cho‘kishiga unda yuz bergan yong‘in sabab bo‘lgan. Bunga kemaning korpusi shikastlanishi va keyinchalik yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Kemani boshqaruvchi xalqaro kompaniya Zodiac Maritime ma’lumotiga ko‘ra, bortda 3 mingga yaqin avtomobillar bo‘lgan, ulardan 70 tasi elektromobil, 681 tasi esa gibrid modellardir. Bortdagi 22 kishilik ekipaj a’zolari omon qoldi va zudlik bilan evakuatsiya qilindi.
Yong‘in qaysi avtomobildan boshlanganiga oid aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq manbalar kemada bir nechta ishlab chiqaruvchilarning, jumladan, Chery va Great Wall kompaniyalarining avtomobillari bo‘lganini bildirgan. Shuningdek, Buick Envision rusumli avtomobillar partiyasi ham yuklar orasida bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Kema Xitoyning Yantay portidan yo‘lga chiqqan bo‘lib, Meksikaga Buick Envision’ning rasmiy bozoriga qarab harakatlanayotgan edi. Kemani Anji Logistics kompaniyasi SAIC korporatsiyasining logistika bo‘limi ijaraga olgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShda parashyutchilar samolyoti qulab tushgani haqida yozgandi.
Rasmiylarga ko‘ra, 6 kishi jarohat olgan, ulardan biri og‘ir ahvolda. Halok bo‘lganlar yo‘q. Samolyot havoga ko‘tarilgach favqulodda to‘xtashga majbur bo‘lgan.