Uzbekistan Airways parkiga ikki yangi Airbus A321neo qo‘shiladi

eʼlon qilindi
2026-yilda
Uzbekistan Airways parkiga ikki yangi Airbus A321neo qo‘shiladi / Foto: Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways 2026-yilda Xitoyning CALC kompaniyasidan ikki dona Airbus A321neo samolyotini qabul qiladi. Bu yangi laynerlar biznes-klass uchun to‘liq yotadigan o‘rindiqlar va 156 ta iqtisodiy klass o‘rindig‘i bilan jihozlanadi.

Samolyotlar zamonaviy salon, keng bagaj bo‘limlari, internet va ko‘ngilochar tizimlar bilan ta’minlanadi. A321neo modeli yoqilg‘i tejamkorligi va uzoq parvoz imkoniyati bilan ajralib turadi.

Yangi samolyotlar kompaniyaning havo parkini yangilash va yo‘lovchilarga qulay sharoit yaratish bo‘yicha strategiyasining bir qismidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Namangan – Moskva yo‘nalishida yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek