Valyuta savdosi bilan bog‘liq bir necha jinoyatlar fosh etildi

Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan fuqarodan jami 350 ming Rossiya rubli 54,7 so‘m kursida sotib olayotganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Shuningdek, Xonqa va Yangibozor tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda fuqaro $12 mingni 152,4 mln so‘mga, yana bir «valyutachi» esa 3,8 mingni 48,3 mln so‘mga sotayotganda dalillar bilan ushlangan.
Yakkasaroy tumani bo‘limi va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ham valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs 3,5 mingni 44,3 mln so‘mga sotayotganda ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida fuqarolarni xorijga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangan edi.