Gadjetlar

Vivo X Fold 5 rasman taqdim etildi

Smartfon Apple Watch’ni qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi
Vivo X Fold 5
Vivo X Fold 5 rasman taqdim etildi / Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi yangi bukiluvchi flagman smartfoni – Vivo X Fold 5 modelini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida malum qildi.

Qurilma yuqori texnik ko‘rsatkichlari, yupqa korpusi va noodatiy funksiyasi Apple Watch’ni qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/color2.mp4

Qurilmaning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

  • Displey: 6,53 dyuymli tashqi (OLED, 120 Gs), 8,03 dyuymli ichki ekran (2480×2200, 120 Gs)
  • Chipset: Snapdragon 8 Gen 3, Adreno 750 grafik yadro
  • Xotira: 12/16 GB RAM, 256/512/1024 GB doimiy xotira (UFS 4.1)
  • Kamera: 50 MP asosiy (Sony IMX921), 50 MP keng burchakli, 50 MP 3x zum teleobyektiv, 20 MP selfi kamera
  • Batareya: 6000 mA/soat, 80 Vt tez zaryadlash, 40 Vt simsiz zaryad
  • Himoya: IP59 – chang va namlikdan himoyalangan
  • OS: Android 15, OriginOS 5 bilan
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/firstthin.mp4

Eng qiziqarli yangiliklardan biri Apple Watch’ni qo‘llab-quvvatlash funksiyasidir. Bu Android qurilmalar uchun juda noyob bo‘lib, vivo X Fold 5 bu borada ilk qadam qo‘ydi. Aytish joizki, bu imkoniyat dastlabki versiyada mavjud bo‘lmaydi, balki keyingi dasturiy yangilanish orqali ishga tushiriladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/secondthin.mp4

Narxlar (Xitoy bozori uchun):

  • 12 + 256 GB versiyasi – 6999 yuan
  • 16 + 1024 GB versiyasi – 9499 yuan
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/hinge.mp4

Model allaqachon Xitoyda oldindan buyurtma uchun ochilgan. Yaqin orada boshqa bozorlarda ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Foto: Vivo

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo kichik smartfonini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.