Xiaomi yangi Poco F7 smartfonini taqdim etdi

26-iyun 2025 09:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi yangi Poco F7 smartfonini taqdim etdi / Foto: Poco

Xiaomi kompaniyasi tomonidan global bozor uchun Poco F7 smartfoni namoyish etildi. Bu haqda Unian agentligi xabar bermoqda.

Bu qurilma ilgari faqat Xitoyda chiqarilgan Redmi Turbo 4 Pro modelining xalqaro talqinidir. U Poco F7 Ultra va F7 Pro modellari qatorini to‘ldiradi.

Smartfon narxi $399. U deyarli flagman darajasidagi quvvat, katta batareya va 6 yil davomida yangilanishlarni taklif qiladi.

Foto: Poco

Qurilma dizayni esa nothing uslubida, zamonaviy va futuristik.

Poco F7 6,83 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Ekran 1,5K aniqlikka, 120 Gts yangilanish chastotasiga ega va 3200 nit yorug‘lik darajasini ta’minlaydi. Ramkalar juda ingichka.

Smartfon Snapdragon 8s Gen 4 chipida ishlaydi. Bu chip AnTuTu testida 2 milliondan ortiq ball to‘plagan. Uning quvvati flagman darajasidagi Snapdragon 8 Gen 3 bilan teng. Genshin Impact kabi o‘yinlarda 120 kadr/soniya tezlikda ishlaydi.

Hindiston versiyasida batareya sig‘imi 7550 mA/soat. Yevropa versiyasida esa 6500 mA/soat. Tez zaryadlash texnologiyasi 90 Vt bo‘lib, qurilmani 40 daqiqada to‘liq zaryadlash mumkin.

Poco F7 smartfoni qanday xususiyatlarga ega / Foto: Poco

Asosiy kamera 50 megapikselli Sony IMX882 sensoriga ega. Uning yonida 8 megapikselli keng burchakli kamera bor. Smartfon 4K/60 fps formatda video olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Old kamera esa 20 megapikselli.

Qurilma suv va changdan IP68 darajasida himoyalangan. NFC, stereodinamika va teskari zaryadlash funksiyasi mavjud.

Poco F7 ikki xil xotira variantida chiqadi: 12/256 GB ($399) va 12/512 GB ($449). U yaqin orada Ukrainada ham sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi YU7 elektromobili 26-iyun kuni taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek