Xitoy Marsga robot dron yuboradi

eʼlon qilindi
2028-yilga qadar
Xitoy Marsga robot dron yuboradi / Foto: NASA

Xitoy 2028-yilda Marsga uchuvchisiz dron yuboradi. Bu haqda Bu haqda Nature Astronomy nashri ma’lum qildi.

U Tianwen-3 missiyasi doirasida qo‘nish platformasidan 100 metrga uchib, hayot izlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlarni yig‘adi. Dron robot qo‘l bilan jihozlanadi va namunalarni keyinchalik Yerga yuborish uchun qaytaradi.

Mars sirtida bur va robot qo‘l yordamida 2 metrgacha qazish ishlari ham olib boriladi. Missiya 2031-yilgacha kamida 500 gramm Mars tuprog‘ini Yerga yetkazishni maqsad qilgan. Olimlar bu orqali hayot izlarini aniqlashga umid qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kosmik chiqindilarga qarshi yangi texnologiya kashf etilgan edi. 

Shuningdek