Avto

Chevrolet 62 mingdan ortiq o‘rta yuk mashinalarini chaqirib olmoqda

Tormoz suyuqligining xavfli sizib chiqishi natijasida yong‘in chiqishi sababli
Chevrolet 62 mingdan ortiq o‘rta yuk mashinalarini chaqirib olmoqmoqda. Foto: chevrolet.com

Chevrolet 62 mingdan ortiq o‘rta yuk mashinalarini chaqirib olmoqda. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Chevrolet AQSH bozorida ishlab chiqarilgan 62 468 ta Silverado 4500 HD, 5500 HD va 6500 HD o‘rta tonnali yuk mashinalarini rasman ortga chaqirish bo‘yicha keng ko‘lamli aksiyani boshladi. Sabab tormoz suyuqligining xavfli sizib chiqishi bo‘lib, u qisqa tutashuvga va eng og‘ir holatda kapot ostida yong‘inga olib kelishi mumkin.

Xabarga ko‘ra, tormoz bosimi datchigida ishlatilgan muhrlash membranasi uchun yetkazib beruvchi tomonidan tasdiqlanmagan kimyoviy tarkib qo‘llanilgan. Bu xatolik vaqt o‘tishi bilan membrananing yemirilishiga va natijada sizib chiqishga sabab bo‘ladi.

General Motors ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya ushbu datchik yig‘ilishini 2024-yil sentabrida yangilagan. Ortga chaqirish doirasida Chevrolet dilerlari tormoz bosimi datchigi o‘tkazgichini bepul almashtirib beradi. Mijozlarga ortga chaqirish haqida dastlabki xatlar 2025-yil 28-iyulgacha yetkaziladi.

Mazkur ortga chaqirish 2018-yil 23-maydan 2024-yil 9-sentabrgacha ishlab chiqarilgan Silverado MD yuk mashinalarini qamrab oladi. Ushbu modellarga Navistar bilan birgalikda ishlab chiqilgan platforma asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, ular Silverado HD va LD modellari bilan aralashtirilmasligi kerak. Bu o‘rta tonnali yuk mashinalari Ogayo shtatidagi Springfild zavodida ishlab chiqariladi. Shu yerda ba’zi Chevrolet Express va GMC Savana versiyalari ham yig‘iladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan General Motors avtomobillarini endi aqlli soatlar bilan boshqarish mumkinligi haqida yozgandi.