Avto

Chevrolet ikkita yo‘ltanlamas modelini Chilida sotuvga chiqardi

Tahoe va Suburban SUV modellari
Chevrolet ikkita yo‘ltanlamas modelini Chilida sotuvga chiqardi. Foto: Chevrolet.com

Chevrolet kompaniyasi 2025-yilgi model qatori bo‘yicha to‘liq o‘lchamli Tahoe va Suburban SUV modellarini Chili bozorida rasman savdoga chiqardi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Ushbu modellar brendning Janubiy Amerikadagi flagmanlariga aylandi. Kolumbiyada debyut qilganidan bir oy o‘tib sotuvga chiqarildi.

Ikkala yangi model ham Z71 yo‘ltanlamas versiyasida taklif etiladi. Bu versiya to‘liq uzatma, blokirovka, past darajali uzatmalar qatori va pnevmatik osma tizimni o‘z ichiga oladi. Kapot ostida – sinovdan o‘tgan 5,3 litrli atmosferаli V8 dvigatel joylashgan. U 355 ot kuchi va 518 Nm aylanish momenti ishlab chiqaradi. Bu dvigatel 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi.

Ayniqsa, Suburban modeli ishga tushirilgani ramziy ahamiyatga ega. Joriy yilda ushbu model o‘zining 90 yilligini nishonlaydi. Chunki 1935-yildan buyon u tarixdagi birinchi SUV sifatida tanilgan.

Narxlar Tahoe uchun deyarli $77 ming, Suburban uchun esa $81 mingdan ko‘p. Lekin talab bor, ayniqsa, Lotin Amerikasida premium toifaga qiziqish ortib borayotgan bir paytda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi keskin arzonlashgani haqida yozgandi.

Narxlar ro‘yxatidagi o‘zgarishlarga xaridorlar e’tibor qaratgan, keyinroq bu ma’lumotni rasmiy distribyutor ham tasdiqladi.

Jumladan, Chevrolet Cobalt’ning Optimum AT komplektatsiyasidagi narxi 8,2 mln tengedan (197 mln so‘m) 7,3 mln tengega (175 mln so‘m) tushgan. Onix’ning mexanik uzatmalar qutisiga ega bazaviy modeli 7 mln tengega (168 mln so‘m) arzonlashtirilgan.