Ekologik reydlar davomida 110 mingdan ortiq qonunbuzar aniqlandi

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan so‘nggi yillarda 3500 dan ortiq reyd o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2023 – 2025-yillar davomida ekologik qonunbuzarliklarni aniqlash maqsadida 250 mingdan ortiq fuqarolar va korxonalar bilan profilaktika ishlari olib borildi.
110 941 nafar shaxsga 115 mlrd so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilib, 32 mlrd so‘mlik zarar bo‘yicha da’vo kiritildi. Undirilgan mablag‘lar 66 milliard so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, 5439 ta xo‘jalik subyekti tekshirilib, 3433 ta qonunbuzarlik aniqlangan. Sudlarga 1738 nafar mansabdor shaxsga oid hujjatlar taqdim etildi, 245 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
So‘nggi 3 yilda 429 ta ekologik jinoiy ish prokuraturaga yuborilib, 275 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq parlament Ekologiya vaziriga elektromobil akkumulyatorlari bo‘yicha so‘rov yuborgan edi.