Ekologik va oson ta’mirlanadigan smartfon taqdim etildi

27-iyun 2025 09:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Fairphone kompaniyasi qanday smartfonini taqdim qildi / Foto: Fairphone

Fairphone kompaniyasi yangi – oltinchi avlod smartfonini namoyish qildi. Ushbu model ekologik toza materiallardan tayyorlangan va modulli tuzilishga ega. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Smartfonning ekran, batareya, USB-C port kabi 12 ta qismini oddiy otvyortka bilan almashtirish mumkin.

Fairphone 6 korpusi kuchli Gorilla Glass 7i oynasi bilan himoyalangan, IP55 himoya darajasiga ega va harbiy standartdagi bardoshlik bilan ajralib turadi.

Smartfon 6,31 dyuymli LTPO OLED ekranga ega bo‘lib, 120 Gts yangilanish tezligi, Full HD+ aniqlik va 1400 nitgacha yorqinlikni taqdim etadi.

Foto: Fairphone

Qurilmada Snapdragon 7s Gen 3 protsessori, 8 GB operativ va 256 GB ichki xotira mavjud. Xotirani microSD orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin.

Kameralar to‘plami quyidagilardan iborat: 50 MP asosiy Sony sensor, 13 MP keng burchakli kamera va 32 MP old kamera. Akkumulyator sig‘imi 4415 mA•soat bo‘lib, 30 vattli tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Fairphone 6 Android 15 tizimida ishlaydi va 2033-yilgacha yangilanishlar bilan ta’minlanadi. Smartfonga 5 yillik kafolat beriladi. Bundan tashqari, Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.4, NFC va stereo dinamika mavjud. Orqa qopqog‘i modulli bo‘lib, unga qo‘shimcha aksessuarlar – kartalar uchun cho‘ntak yoki bilaguzuk o‘rnatish mumkin.

Fairphone 6 smartfoni 600 yevro narxda oldindan buyurtma qilish uchun taqdim etilgan. U uch xil rangda mavjud: Horizon Black (qora), Cloud White (oq) va Forest Green (yashil).

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy Jump 4 Business taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek