Geely kompaniyasining Lynk & Co 10 EM-P gibrid avtomobili rasman namoyish etildi

27-iyun 2025 17:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely kompaniyasining yangi avtomobili / Foto: CarNewsChina

Geely kompaniyasi Lynk & Co 10 EM-P avtomobilining suratlarini rasmiy ravishda e’lon qildi. Bu haqda CarNewschina xabar bermoqda.

U Xitoy bozoriga 2025-yilning uchinchi choragida chiqariladi. Model 523 ot kuchiga ega va to‘liq elektrda 192 km masofani bosib o‘ta oladi.

Avtomobil 11-iyun kuni ilk bor e’lon qilinib, 20-iyun kuni Xitoy sanoat vazirligi (MIIT) tomonidan asosiy texnik ko‘rsatkichlari oshkor qilingan edi. 27-iyun kuni esa kompaniya rasmiy suratlarini taqdim etdi.

Foto: CarNewschina

Yangi sedan «Gilded Gold» nomli Xirallic bo‘yoqda bo‘yalgan. Bu rang oltin va yashil tuslarni o‘z ichiga oladi hamda o‘ziga xos yorqinligi bilan ajralib turadi. Kuzov dizaynida ingichka LED chiroqlar, harakatlanuvchi spoyler, 21 dyuymli ikki rangli disklar, qora tom, yashirin eshik tutqichlari va skulptura shaklidagi qanotlar bor.

Avtomobil old qismida havo olish joyiga o‘rnatilgan radar va tomida LiDAR sensor mavjud. Texnik jihatdan mashina 1,5 litrli benzinli dvigatel va DHT Evo uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Orqa o‘qda joylashgan P4 elektromotor old g‘ildiraklar sirg‘algan zahoti – 0,01 soniyada ishga tushadi. Natijada mashinaning yo‘lga yopishishi oshadi.

Video: You Tube

Yuqori quvvatli gibrid tizim jami 523 ot kuchi (390 kW) va 755 Nm aylanish momenti hosil qiladi. Mashinaning uzunligi 5 050 mm, eni 1 966 mm, balandligi 1 487 mm. G‘ildiraklar bazasi 3 005 mm. Old va orqa g‘ildirak oralig‘i esa mos ravishda 1 698 mm va 1 710 mm. Og‘irligi 2 137 – 2 257 kg orasida.

Model 46,1% issiqlik samaradorlikka ega BHE15-CFZ turbomotor bilan jihozlangan.

Dvigatel quvvati 120 kW (161 ot kuchi). Avtomobil 18,4 kVt·soatli akkumulyator bilan 100 km, 38,2 kVt·soatli variant bilan esa 192 km elektr yurish zaxirasiga ega. Shuningdek, mashinada Nvidia Drive Thor-U chipi (700 TOPS), Snapdragon 8295 chipi va havo yostiqli osma tizim mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely Galaxy A7 PHEV sotuvga chiqishga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek