Ko‘plab aviakompaniyalar Yaqin Sharq yo‘nalishidagi reyslarini to‘xtatdi – jadval

Ko‘plab aviakompaniyalar Yaqin Sharq yo‘nalishidagi reyslarini uzoq muddatga to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yaqin Sharqda Eron va Isroil o‘rtasidagi havo urushi sulh bilan yakunlangan bo‘lsa-da, ko‘plab aviakompaniyalar bu mintaqada parvozlarni hali ham to‘xtatib turibdi. Havo hududlarining yopilishi va xavfsizlik muammolari mintaqa bo‘ylab havo qatnoviga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Quyida Yaqin Sharqqa va undan reyslarni bekor qilgan ba’zi aviakompaniyalar ro‘yxati keltirilgan:
Aviakompaniya | Davlat | Yo‘nalishlar | Bekor/tiklanish sanasi |
---|---|---|---|
AEGEAN AIRLINES | Gretsiya | Tel-Aviv, Beyrut, Amman, Erbil | 8-sentabrgacha |
AIRBALTIC | Latviya | Tel-Aviv | 30-sentabrgacha |
AIR CANADA | Kanada | Toronto–Dubay, Isroil | 4-avgustgacha, 8-sentabrgacha |
AIR EUROPA | Ispaniya | Tel-Aviv | 31-iyulgacha |
AIR FRANCE-KLM | Fransiya | Tel-Aviv, Beyrut, Dubay, Riyod | Tel-Aviv 14-iyulgacha, boshqalar ochiladi |
KLM | Niderlandiya | Tel-Aviv | Kamida 31-iyulgacha |
AIR INDIA | Hindiston | Yaqin Sharq, AQSH, Kanada, Yevropa | 24-iyundan bosqichma-bosqich tiklanmoqda |
ARKIA | Isroil | Barcha yo‘nalishlar, Eilat | 30-iyungacha, Eilat 28-iyungacha |
DELTA AIR LINES | AQSH | Tel-Aviv | 12-iyun – 31-avgust oralig‘ida |
EL AL ISRAEL AIRLINES | Isroil | Asosiy yo‘nalishlar | 24-iyundan jadval bo‘yicha, ayrim bekor |
ETIHAD AIRWAYS | BAA | Abu-Dabi – Tel-Aviv | 15-iyulgacha |
EMIRATES | BAA | Eron, Iroq | 30-iyungacha |
FINNAIR | Finlandiya | Doha, Iroq, Eron, Suriya, Isroil | 30-iyungacha, 1-iyul AY1982 reysi bekor |
FLYDUBAI | BAA | Damashq, Tel-Aviv | 26-iyundan tiklanadi |
IAG (BA, Iberia) | Brit./Ispaniya | Tel-Aviv, Amman, Bahrayn, Doha | 30–31-iyulgacha, Iberia Doha – 27-iyundan |
ITA AIRWAYS | Italiya | Tel-Aviv | 31-iyulgacha, 1-avgustdagi reyslar bekor |
JAPAN AIRLINES | Yaponiya | Doha | 2-iyulgacha |
LUFTHANSA GROUP | Germaniya | Beirut, Tel-Aviv, Tehron, Amman, Erbil | 30-iyun – 31-iyul oralig‘ida |
PEGASUS | Turkiya | Eron, Iroq, Livan, Iordaniya | 4 – 7-iyulgacha |
QATAR AIRWAYS | Qatar | Iroq, Eron, Suriya | Vaqtincha bekor |
RYANAIR | Irlandiya | Tel-Aviv, Amman | 25-oktyabrgacha |
TAROM | Ruminiya | Tel-Aviv, Beyrut | 26–28-iyundan tiklanadi |
TUS AIRWAYS | Kipr | Isroil | Qayta yo‘lga qo‘yildi |
UNITED AIRLINES | AQSH | Tel-Aviv, Dubay | 13-iyun – 1-avgust, 18-iyun – 3-iyul |
WIZZ AIR | Vengriya | Tel-Aviv, Amman, BAA | 15-sentabrgacha, BAA – 30-iyungacha |
Uzbekistan Airways’da holat qanday?
Kursiv Uzbekistan nashri Isroilga reyslar bo‘yicha Uzbekistan Airways’ga so‘rov yubordi. Matbuot xizmati bu borada batafsil ma’lumotlar yaqin orada rasman e’lon qilinishini bildirdi.
Ma’lumot o’rnida, O‘zbekistondan Eronga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar mavjud emas.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron havo hududining yopilishi sabab bir nechta xalqaro reyslar bekor qilingani haqida xabar bergandi.