Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan 53 nafar jurnalist mukofotlandi

eʼlon qilindi
Shundan 36 nafari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi
Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlar mukofotlandi / Foto: Facebook

Prezidentning 2025-yil 26-iyundagi Farmoniga muvofiq, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jami 53 nafar soha vakili – 1 nafari «Xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni, 1 nafari «Mehnat shuhrati» ordeni, 11 nafari «Do‘stlik» ordeni, 2 nafari II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, 1 nafari «Sog‘lom turmush» medali, 1 nafari «Kelajak bunyodkori» medali va 36 nafari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur mukofotlar soha xodimlarining demokratik islohotlarni yoritishdagi hissasi, axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlash, so‘z erkinligini targ‘ib etish, xalqaro axborot maydonida milliy manfaatlarni himoya qilish, shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlarini e’tirof etgan holda berildi.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar:

Mukofot nomiTaqdirlangan shaxsLavozimi yoki ish joyi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoniDoniyorov Salim Musurmonovich«Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari bosh muharriri
«Mehnat shuhrati» ordeniMirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimovich«Jadid» gazetasi bosh muharriri
«Do‘stlik» ordeniAmangeldiyeva Raixan KdirbayevnaNukus TRM katta elektr mexanigi
Kenjayeva Zoxida Abdullayevna«Davr» gazetasi muharriri, Namangan vil.
Matyakubov Kamol«Adolat» gazetasi muxbiri
Mirsharipov Farxodjon ArislonovichSo‘x telekanali guruh rahbari
Oripov Shuxratjon Orip o‘g‘li«Biznesni rivojlantirish banki» axborot xizmati rahbari
Raximov Abdijalol Abdiziyatovich«Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari
Titchuk Andrey Georgiyevich«Dunyo bo‘ylab» kanali montajchisi
Urinboyev Saydulla Mardonovich«Madaniyat va ma’rifat» kanali teleoperatori
Xasanov Xaydar Xatamjanovich«O‘zbekiston 24» IJB direktori o‘rinbosari
Hasanov Ro‘zimboy«XXI asr» gazetasi muxbiri, Qoraqalpog‘iston va Xorazm vil.
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeniNurmatov Akbar NormatovichJurnalistika universiteti kafedra mudiri
Xolbekova Baxor Shayimovna«Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» muxbiri, Sirdaryo vil.
«Sog‘lom turmush» medaliDjumayev Ibraxim«Salomatlik» gazetasi muharriri, Navoiy vil.
«Kelajak bunyodkori» medaliG‘iyosov Mirali Abdulloh o‘g‘li«Sharoit plus» NNT loyiha menejeri
«Shuhrat» medaliAbilov Fazliddin Ibragimovich«Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» bosh muharriri o‘rinbosari
Avazov Dilmurod Batirovich«Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri
Adilova Munojot Asrorovna«Daryo.uz» tahrir bo‘limi musahhihi
Asanov Eldar Enverovich«Asanov formati» Telegram kanali asoschisi
Ahatov Sobit Temirovich«Xabar.uz» AKT va innovatsiyalar muharriri
Gapirova Nigora Umurzakovna«Sharq» nashriyoti muqovalovchisi
Djumayev Xidoyat InoyatovichBuxoro TRK teleoperatori
Karshiyev Aziz Rajabovich«Kun.uz» muharriri
Koraboyev ShamshidinFarg‘ona OAV faxriysi, fotosuratchi
Madatova Zilola Muxamadaliyevna«Ma’rifat» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari
Makarenko Nikita Anatolevich«Effekt Makarenko» blogi asoschisi
Mamatrayimov Xolmumin NorkobilovichUZA Surxondaryo sharhlovchisi
Muminova Gulrux Komilovna«Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» maxsus muxbiri
Muslimov Shuxrat Zikrullayevich«O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» texnika xizmati boshlig‘i
Nur Ahmad Hojiboy o‘g‘li«SAS-Media» MCHJ rahbari
Rabbimov Kamoliddin Muxiddinovich«Kamoliddin Rabbimov» kanali asoschisi
Raximov Sarvarjon Xamidjonovich«O‘zbekiston 24» siyosiy sharhlovchisi
Rashidova Nargizaxon Rashidovna«Mening yurtim» efir muharriri
Sakayeva Elina Ibragimovna«Gazeta.uz» muharriri
Samatova Salima AbdinazarovnaKasbi tumani axborot markazi mutaxassisi
Xamidov Xayrulla Ubaydullayevich«Sport» IJB sharhlovchisi
Sherova Laziza Shomilovna«O‘zbekiston ovozi» gazetasi bo‘lim boshlig‘i
Yaqubjonova Nilufar OybekovnaAndijon TRK katta muharriri

Ayni mukofotlar O‘zbekistonda jurnalistika taraqqiyotiga xizmat qilayotgan fidoyi va professionallar mehnatiga berilgan yuksak e’tibor namunasi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek