
Prezidentning 2025-yil 26-iyundagi Farmoniga muvofiq, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jami 53 nafar soha vakili – 1 nafari «Xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni, 1 nafari «Mehnat shuhrati» ordeni, 11 nafari «Do‘stlik» ordeni, 2 nafari II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, 1 nafari «Sog‘lom turmush» medali, 1 nafari «Kelajak bunyodkori» medali va 36 nafari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur mukofotlar soha xodimlarining demokratik islohotlarni yoritishdagi hissasi, axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlash, so‘z erkinligini targ‘ib etish, xalqaro axborot maydonida milliy manfaatlarni himoya qilish, shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlarini e’tirof etgan holda berildi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar:
Mukofot nomi | Taqdirlangan shaxs | Lavozimi yoki ish joyi |
---|---|---|
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni | Doniyorov Salim Musurmonovich | «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari bosh muharriri |
«Mehnat shuhrati» ordeni | Mirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimovich | «Jadid» gazetasi bosh muharriri |
«Do‘stlik» ordeni | Amangeldiyeva Raixan Kdirbayevna | Nukus TRM katta elektr mexanigi |
Kenjayeva Zoxida Abdullayevna | «Davr» gazetasi muharriri, Namangan vil. | |
Matyakubov Kamol | «Adolat» gazetasi muxbiri | |
Mirsharipov Farxodjon Arislonovich | So‘x telekanali guruh rahbari | |
Oripov Shuxratjon Orip o‘g‘li | «Biznesni rivojlantirish banki» axborot xizmati rahbari | |
Raximov Abdijalol Abdiziyatovich | «Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari | |
Titchuk Andrey Georgiyevich | «Dunyo bo‘ylab» kanali montajchisi | |
Urinboyev Saydulla Mardonovich | «Madaniyat va ma’rifat» kanali teleoperatori | |
Xasanov Xaydar Xatamjanovich | «O‘zbekiston 24» IJB direktori o‘rinbosari | |
Hasanov Ro‘zimboy | «XXI asr» gazetasi muxbiri, Qoraqalpog‘iston va Xorazm vil. | |
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni | Nurmatov Akbar Normatovich | Jurnalistika universiteti kafedra mudiri |
Xolbekova Baxor Shayimovna | «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» muxbiri, Sirdaryo vil. | |
«Sog‘lom turmush» medali | Djumayev Ibraxim | «Salomatlik» gazetasi muharriri, Navoiy vil. |
«Kelajak bunyodkori» medali | G‘iyosov Mirali Abdulloh o‘g‘li | «Sharoit plus» NNT loyiha menejeri |
«Shuhrat» medali | Abilov Fazliddin Ibragimovich | «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» bosh muharriri o‘rinbosari |
Avazov Dilmurod Batirovich | «Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri | |
Adilova Munojot Asrorovna | «Daryo.uz» tahrir bo‘limi musahhihi | |
Asanov Eldar Enverovich | «Asanov formati» Telegram kanali asoschisi | |
Ahatov Sobit Temirovich | «Xabar.uz» AKT va innovatsiyalar muharriri | |
Gapirova Nigora Umurzakovna | «Sharq» nashriyoti muqovalovchisi | |
Djumayev Xidoyat Inoyatovich | Buxoro TRK teleoperatori | |
Karshiyev Aziz Rajabovich | «Kun.uz» muharriri | |
Koraboyev Shamshidin | Farg‘ona OAV faxriysi, fotosuratchi | |
Madatova Zilola Muxamadaliyevna | «Ma’rifat» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari | |
Makarenko Nikita Anatolevich | «Effekt Makarenko» blogi asoschisi | |
Mamatrayimov Xolmumin Norkobilovich | UZA Surxondaryo sharhlovchisi | |
Muminova Gulrux Komilovna | «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» maxsus muxbiri | |
Muslimov Shuxrat Zikrullayevich | «O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» texnika xizmati boshlig‘i | |
Nur Ahmad Hojiboy o‘g‘li | «SAS-Media» MCHJ rahbari | |
Rabbimov Kamoliddin Muxiddinovich | «Kamoliddin Rabbimov» kanali asoschisi | |
Raximov Sarvarjon Xamidjonovich | «O‘zbekiston 24» siyosiy sharhlovchisi | |
Rashidova Nargizaxon Rashidovna | «Mening yurtim» efir muharriri | |
Sakayeva Elina Ibragimovna | «Gazeta.uz» muharriri | |
Samatova Salima Abdinazarovna | Kasbi tumani axborot markazi mutaxassisi | |
Xamidov Xayrulla Ubaydullayevich | «Sport» IJB sharhlovchisi | |
Sherova Laziza Shomilovna | «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bo‘lim boshlig‘i | |
Yaqubjonova Nilufar Oybekovna | Andijon TRK katta muharriri |
Ayni mukofotlar O‘zbekistonda jurnalistika taraqqiyotiga xizmat qilayotgan fidoyi va professionallar mehnatiga berilgan yuksak e’tibor namunasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.