Mirziyoyev va Putin Minskda uchrashdi

eʼlon qilindi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida
Mirziyoyev va Putin Minskda uchrashdi / Foto: President.uz

27-iyun kuni Minskda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama etdi. Oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, savdo hajmini oshirish, kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari alohida muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi haqida gapirgan edi.

Shuningdek