Yangiliklar

Pokistonning TCS kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazi ochishni rejalashtirmoqda

Tomonlar logistika yo‘nalishini ishga tushirish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda
Пакистан и Узбекистан
Pokistonning TCS kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazi ochishni rejalashtirmoqda / Foto: Savdo-sanoat palatasi

Pokistonning Tranzum Courier Service (TCS) kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazi ochishi mumkin. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.

Rejalarda markazni Navoiy yoki Termizda ishga tushirish ham ko‘zda tutilgan.

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasini palata raisi o‘rinbosari Akobir To‘xtayev kompaniya rahbariyati bilan muhokama qildi. Ular orasida Pokiston – O‘zbekiston – YOII mamlakatlari bo‘yicha pilot logistika yo‘nalishi ham bor.

O‘zbekiston elektron tijorat va raqamli logistika sohasida ham hamkorlikni taklif qildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan.

Avvalroq Pokiston Trampni Nobel Tinchlik mukofotiga tavsiya qilgani haqida yozgan edi.