Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida elektr energiya talonchiligi aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida elektr energiya talonchiligi aniqlandi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Xususan, Nukus shahrida joylashgan MChJga tegishli yangi bino tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulanib, 165,5 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 182,9 mln so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani aniqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga noqonuniy kiritilayotgan iPhone’lar oqimi to‘xtatib qolingan edi.

Shuningdek