Rossiyaga ruID ilovasi orqali kirish arizasi ixtiyoriy bo‘ladi
eʼlon qilindi
Vizali kirish tartibi o‘zgarmaydi

Rossiya hukumati ruID mobil ilovasi orqali mamlakatga kirish uchun ariza topshirish tartibini ixtiyoriy etib belgiladi.
Unga ko‘ra, bu arizani to‘ldirish majburiy emas: u yo‘qligi chegaradan o‘tishga ta’sir qilmaydi va kirishga rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
Biroq ariza to‘ldirilgan taqdirda xorijiy fuqarolar oldindan kirish cheklovlarini tekshirish, avtomatik SNILS olish va raqamli profil orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Vizali kirish tartibi, shu jumladan, yagona elektron viza orqali kirish qoidalari o‘zgarishsiz qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq farzandi maktabga bormayotgan migrantlarni Rossiyadan deportatsiya qilish taklif etilgan edi.