
«Nasaf» klubi yetakchi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoyga xorijdan, xususan, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) jamoalaridan transfer takliflari tushmoqda.
26 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy yil qishda yakunlanadi. Shu bois uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar Mozgovoyni hali shartnomasi tugamasidan transfer qilishlari kerak bo‘ladi.
Mozgovoy 2025-yilgi mavsumda Superligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma bilan jamoasiga hissa qo‘shdi. Uning xorijga ketishi «Nasaf» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» egasi O‘zbekistondan futbol klubi sotib olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.